TAYINLOV

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Davlat va din munosabatlari

Joriy yilning 22-sentabr kuni Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida “Davlat va din munosabatlari" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Xorazm viloyatida targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali va Urganch Davlat Universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Qoʻmita xodimlari uchun oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.

Taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili boshlandi

Ayni paytda yurtimiz taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili boshlandi. Shu jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda barcha oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlarida 2023/2024-oʻquv yili munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” deb nomlangan bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

Yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonimiz jahon hamjamiyatining eʼtibori va yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.