Qoʻmita xodimlari uchun oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari uchun seminar oʻtkazildi.

Seminardan koʻzlangan maqsad Qoʻmitada faoliyat olib borayotgan  xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini toʻliq ochib berishdan iborat.

Ekspertlar tomonidan Bosh Qomusimizga kiritilgan eng muhim oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan normalarning belgilanganligi va boshqa muhim masalalar toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berildi.

Seminar savol-javoblarga boy tarzda, ochiq muloqot shaklida oʻtdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

15.09.2023.