Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Respublikamiz boʻylab davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek,  Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan    “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbirlari keng koʻlamda oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarda bugungi kunda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtildi. 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

07.10.2023.