Davlat va din munosabatlari

Joriy yilning 22-sentyabr kuni Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida “Davlat va din munosabatlari" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirlarda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov ishtirok etdi hamda viloyatdagi imom-xatiblar, Hadis ilmi maktabi jamoasi va talabalari bilan muloqot qildi.

Muloqotda davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqi va unda koʻtarilgan masalalar yuzasidan soʻz bordi.

Ushbu uchrashuvlar faol savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

23.09.2023.