Surxondaryo viloyatida targʻibot tadbirlari tashkil etildi 

Kuni kecha Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universitetida  talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. 

Uchrashuv yakunida  “Mehr-1” doirasida olib kelingan ayol taqdiriga asoslangan “Ayol qismati” nomli hujjatli film namoyish etildi. 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

16.09.2023