TAYINLOV

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

2021-yil 25-maydagi davlatimiz rahbarining maxsus topshirigʻi va tegishli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.

Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida taʼlim va tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, oʻquv samaradorligini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

29.09.2023.