Romitan tumanida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar Romitan tumanida joylashgan “Sherdor” va “Nurafshon” tantanalar saroyida, Romitan dehqon bozori va mahallalarda boʻlib oʻtmoqda. 

Mazkur uchrashuvlarda sogʻliqni saqlash, iqtisodiy va kommunal soha vakillari, MFY raislari, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar yetakchilari, uyushmagan yoshlar va boshqa soha vakillari bilan suhbatlar  tashkil qilinmoqda.

Uchrashuvlar davomida bugungi kunning dolzarb mavzularidan boʻlgan - yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari, maʼnaviy tahdidlarga qarshi immunitet hosil qilish hamda bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib qilish kabilar yuzasidan faol savol-javob shaklidagi suhbatlar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida toʻgʻri yoʻldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. 

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.