Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari

 Bashariyat tamaddunining bugungi bosqichini globallashuv jarayonisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Globallashuvning ilm-fan rivoji, axborot almashinuvidagi oʻrnini biror vosita bilan qiyoslab boʻlmaydi. 

 Shu bois, soʻnggi yillarda yurtimizda turli sohalar qatori diniy-maʼrifiy yoʻnalishda ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. 

 Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida oʻtkazilgan “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ana shu maqsad yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻldi.

Davra suhbatida bugungi globallashuv hamda tezkor axborot almashinuvi davrida yoshlar maʼnaviyatini turli tahdidlardan asrash, xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning asl mohiyatini ochib berish zaruratiga eʼtibor qaratildi.

 Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

27.09.2023.