Mustaqillik kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Bugun, 30-avgust kuni Qoʻmitada “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

Shundan soʻng, mehmon sifatida taklif etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi katta oʻqituvchisi, PhD S.Saidjalolov tomonidan soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar xususida soʻz yuritildi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Goʻzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon boʻlsin!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati