“Til - millat koʻzgusi” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitada Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan“Til - millat koʻzgusi” shiori ostida  bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoʻmita raisining oʻrinbosari D.Gʻulomova tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

Shundan soʻng, mehmon sifatida taklif etilgan Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Z.Muqimova va N.Axmedovalar tomonidan buyuk qadriyatimiz, qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimizning milliy oʻzligi va mustaqil davlatimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boyligimiz ekanligini xususida fikrlar bildirildi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

21.10.2023.