Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limining lavozim yo‘riqnomasi


I. Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari


Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishlarini tashkillashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

Bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Qo‘mitada ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning bu boradagi faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;

Qo‘mita ish rejalarini tuzadi, ularning ijrosini nazorat qiladi, umumlashtiradi;

Qo‘mita Hay’atining majlislari va Qo‘mita rahbariyati huzurida o‘tkaziladigan tezkor majlislarni o‘tkazilishini ta’minlaydi;

Qo‘mira raisi rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruhlari, shuningdek boshqa tadbirlar yuzasidan hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni tahlil va nazorat qilishni amalga oshiradi;

Qo‘mita va hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni yuritadi, umumlashtirish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;

Qo‘mitaga yuklatilgan topshiriqlarning ijrosini to‘liq va belgilangan muddatlarda ta’minlash maqsadida har bir band, mas’ul ijrochi va ijro etish muddati alohida ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, uning ijrosini ta’minlashni mas’ul ijrochilardan talab qiladi, tekshiradi, tahlil qiladi va rahbariyatga axborot beradi;

hujjatlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan rahbariyatga axborot taqdim etib boradi va ijrosi ta’minlangan hujjatlarni nazoratdan oladi, ularning muddatlarini uzaytiradi yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

ish rejada belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan mas’ul ijrochilardan ma’lumotlar talab qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqda axborot beradi;

ish reja ijrosi yuzasidan Qo‘mita rahbariyati huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazilishini tashkillashtiradi, ijro ahvoli yuzasidan batafsil, tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Qo‘mita faoliyatiga doir ma’lumotlarni, statistik hisobotlarni umumlashtirish asosida tahliliy ma’lumotlar, to‘plamlar, solishtirma jadvallar tayyorlaydi, natijalari yuzasidan adliya organlari va muassasalarining faoliyat yo‘nalishlarini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;


II.  Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalari


Qo‘mita markaziy apparatiga kelib tushgan hujjatlarni faqat devonxona tomonidan qabul qilinishini ta’minlaydi, ro‘yxatga oladi, ularni qo‘mita markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga qarab taqsimlaydi, mas’ul ijrochilarga yetkazadi;

ish yuritish bo‘yicha hududiy bo‘limlar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi, Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari ish yurituvchi-kotiblarining faoliyatini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularni yuritilishini nazorat qiladi;

Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatlarni ko‘rsatilgan manzillarga jo‘natadi;

Qo‘mitadan ketayotgan ichki hujjatlarga maxsus raqam berilishini tartibga soladi va maxsus raqam bilan ro‘yxatga olingan hujjatning bir nusxasini tegishli bo‘limlar tomonidan devonxonaga topshirilishini ta’minlaydi;

Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘z tashabbusi bilan yuqori turuvchi idoralarga tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatli va benuqson bo‘lishini ta’minlaydi,

“O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda arxivda hujjatlarni hisobga olinishini tashkil etadi, ularni saqlaydi, hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan o‘tkazadi va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;


III.  Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalari


Qo‘mita markaziy apparatida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiradi, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi, Prezident pochtasi va Xalq qabulxonalari orqali hamda Qo‘mita ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni hisobini yuritadi, nazoratdan chiqarilishini tashkillashtiradi;

Qo‘mita rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning shaxsiy va sayyor qabul qilinishini tashkil etadi va tegishli tartibda ularning hisobini yuritadi;

Qo‘mita markaziy apparati va hududiy bo‘limlarga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ularning turi va sohasi bo‘yicha umumlashtiradi hamda tahlil qiladi;

Qo‘mita markaziy apparati va hududiy bo‘limlarning murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganadi, tahlil qiladi, bu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi va Qo‘mita rahbariyatiga kiritadi;

har haftada kamida bir marotaba Qo‘mita rahbariyatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etib boradi;