Xorazm viloyatida targʻibot tadbirlari tashkil etildi 

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali va Urganch Davlat Universitetida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuvlarda bugungi tahlikali zamonda yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, Vatanga boʻlgan mehr-muxabbat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi, internet va uyali aloqa vositalaridan toʻgʻri foydalanish madaniyati borasidagi muhim mavzular xususida soʻz yuritildi.

Uchrashuv yakunida toʻgʻri yoʻldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi. 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

15.09.2023.