Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

Yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonimiz jahon hamjamiyatining eʼtibori va yuksak eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.

Shubhasiz, mustaqillik yillarida yurtimizda inson manfaatlari, qadr-qimmati tiklanib, millatlaro totuvlik, diniy bagʻrikenglik, hamjihatlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari mustahkamlanib bormoqda.

Oʻzbekistonimiz oʻtgan davr mobaynida xalqimizning tinchligi va totuvligini taʼminlash hamda xalqimiz farovonligi yoʻlida mashaqqatli va zalvorli yoʻlni bosib oʻtdi. Shu bilan birga, hali oldimizda ulkan va masʼuliyatli rejalar, ulugʻvor maqsadlar turibdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ahil jamoasi jonajon xalqimizni Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan samimiy tabriklaydi.

Yurtdoshlarimizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farovon hayot tilaymiz. Zero, bu yilgi bayram tadbirlari bosh shiori ham oʻzida ana shu ezgu maqsad va tilaklarni mujassam etgan:  “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

Mustaqillik bayrami  barchamizga muborak boʻlsin!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati