"Жаҳолатга қарши маърифат" мавзусида учрашув ташкил етилди

Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитаси вакиллари ҳамда бир гуруҳ олим ва профессорлар тумандаги корхона, ташкилот ва муассаса раҳбарлари, маҳалла раислари ҳамда бошқа соҳа вакиллари билан "Жаҳолатга қарши маърифат" мавзусида учрашув ўтказишди.

Oʼzbekiston yetakchisi nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

Butun islom ummati uchun muqaddas boʼlgan Ramazon hayiti munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar (https://president.uz/uz/lists/view/6182) kelmoqda.

Ramazon hayitingiz muborak boʼlsin!

Qadrli yurtdoshlar! Din ishlari boʼyicha qoʼmita rahbariyati va jamoasi barchangizni Ramazon hayiti — Iyd al-Fitr bilan samimiy muborakbod etadi! Bugungidek tarovatli va farahbaxsh damlarda har bir yurtdoshimizning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Pok niyatli, bagʼrikeng, samimiy va oliyjanob yurtdoshlarimizning oilalarini baxt va quvonch, farovonlik hech qachon tark etmasin! Ona yurtimiz tinch, hayotimiz yanada farovon boʼlsin! Ramazon hayitingiz muborak boʼlsin! Din ishlari boʼyicha qoʼmita jamoasi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi PF–270-so

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi PF–270-son Farmoniga oʼzgartirishlar kiritish haqida"gi Farmoni

RАMАZON HАYITI 2023 YIL 21 АPRELЬ KUNI NIShONLАNАDI

Oʼzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Аstronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʼra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprelь, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʼlgan (tugʼilgan).

Qashqadaryo viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida davra suhbatlari o'tkazilmoqda. Tadbirda ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oqibatlari, yoshlar tarbiyasi, ilm olish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, yoshlar ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, komil inson va sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, buzg‘unchi yot g‘oyalarni oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligi davra suhbatlarida misollar bilan tushuntirib berildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan

Surxondaryoda Din ishlari boʼyicha qoʼmita, Musulmonlar idorasi hamda viloyatdagi diniy-maʼrifiy soha xodimlari tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida oʼtkazilayotgan davra suhbatlari davom etmoqda.