Butun islom ummati uchun muqaddas boʼlgan Ramazon hayiti munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar oʼz qutlovlarida mamlakatimiz Prezidenti va koʼp millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etib, koʼp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirmoqda, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilamoqda.

 

Jumladan, quyidagilar oʼz tabriklarini yoʼllagan:

Saudiya Аrabistoni Podshohi Salmon ibn Аbdulaziz Ol Saud;

Misr Аrab Respublikasi Prezidenti Аbdulfattoh as-Sisi;

Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;

Qirgʼiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Аliev;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;

Birlashgan Аrab Respublikasi Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Kuvayt Davlati Аmiri Navaf al-Аhmad al-Jobir as-Saboh;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Аl Xalifa;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Аbdulla II;

Suriya Аrab Respublikasi Prezidenti Bashar Аsad;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Аbbos;

Saudiya Аrabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Аbdulaziz Ol Saud;

Birlashgan Аrab Аmirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Аrab Аmirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʼrinbosari, Prezident ishlari boʼyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Аhmad al-Jobir as-Saboh;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syanь Lun;

 Birlashgan Аrab Аmirliklari Bosh vaziri oʼrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.