Surxondaryoda Din ishlari boʼyicha qoʼmita, Musulmonlar idorasi hamda viloyatdagi diniy-maʼrifiy soha xodimlari tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida oʼtkazilayotgan davra suhbatlari davom etmoqda.

Xususan, bugun Sariosiyo tumani madaniyat markazi hamda hududdagi qator umumtaʼlim maktablarida oʼtkazilgan tadbirlarda soʼzga chiqqan soha xodimlari yoshlar ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim ekanligini taʼkidladilar.

Komil insonni, sogʼlom avlodni tarbiyalash uchun gʼoyaviy boʼshliqqa yoʼl qoʼymaslik, boʼshliq oʼrnini vayronkor va buzgʼuncha yot gʼoyalar egallashining oldini olish uchun esa faqat oʼqish, ilm oʼrganish joizligi davra suhbatlarida asosli tarzda tushuntirildi.