2023 yil 1 may kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “Turkiston-Amerika Uyushmasi” prezidenti Abdulla Xo‘ja bilan  uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov mehmonga so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, diniy-ma'rifiy sohadagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.

O‘z navbatida, A.Xo‘ja O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda so‘nggi yillarda O‘zbekiston dunyo hamjamiyatiga ochilganini e'tirof etdi.

Suhbat davomida, A.Xo‘ja diniy bag‘rikenglik va ushbu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.


Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati