Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida davra suhbatlari o'tkazilmoqda.

 Tadbirda ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oqibatlari, yoshlar tarbiyasi, ilm olish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, yoshlar ongida va qalbida mafkuraviy, maʼnaviy immunitetni kuchaytirish muhim ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, komil inson va sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, buzg‘unchi yot g‘oyalarni oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligi davra suhbatlarida misollar bilan tushuntirib berildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati