Qadrli yurtdoshlar!

Din ishlari boʼyicha qoʼmita rahbariyati va jamoasi barchangizni Ramazon hayiti — Iyd al-Fitr bilan samimiy muborakbod etadi!

Bugungidek tarovatli va farahbaxsh damlarda har bir yurtdoshimizning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Pok niyatli, bagʼrikeng, samimiy va oliyjanob yurtdoshlarimizning oilalarini baxt va quvonch, farovonlik hech qachon tark etmasin!

Ona yurtimiz tinch, hayotimiz yanada farovon boʼlsin!

Ramazon hayitingiz muborak boʼlsin!

Din ishlari boʼyicha qoʼmita jamoasi