Yurtdoshlarimiz Makkada katta ehtirom bilan kutib olindi

Bugun, 7 iyun kuni erta tongda Makkai mukarramaga yetib kelgan ziyoratchilarimiz “Haj – 2023” ishchi guruhi rahbari Sodiq Toshboev, xizmat koʼrsatuvchi maktabalar (muassasalar) vakillari va boshqa masʼullar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.

Ishchi guruh rahbari sharoitlarni koʼzdan kechirib, ziyoratchilar bilan muloqot qildi

Bugun “Haj – 2023” ishchi guruhi rahbari S.Toshboev va masʼullar «Zamzam Pullman» mehmonxonasida hojilarimizga yaratilgan sharoitlarni koʼzdan kechirdi va ziyoratchilarimiz bilan samimiy muloqot qildi. Yurtdoshlarimiz sharoitlardan mamnun ekanlarini, besh mahal namozni Masjidi Nabaviyda oʼqish baxtiga muyassar boʼlayotganlaridan mamnun ekanlarini bildirdilar.

“Haj – 2023” ishchi guruhi zimmasiga katta masʼuliyat yuklandi

Shu yil 1 iyunь kuni “Haj – 2023” mavsumini namunali oʼtkazish yuzasidan navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Unda Din ishlari boʼyicha qoʼmita raisi S. Toshboev, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy N.Xoliqnazarov, ziyoratchilarga xizmat koʼrsatadigan ishchi guruhi va oshpazlar ishtirok etdi.

“Haj – 2023” ishchi guruhi: mavsumga tayyorgarlik avjida

Аvval xabar berganimizdek, Haj mavsumi joriy yilning 4 iyunь kunidan boshlanadi. Ushbu muborak safarni yuqori saviyada tashkil qilish va hamyurtlarimiz amallarini chiroyli ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar hozirlanmoqda. Bu yilgi mavsumni yuqori darajada tashkil etish va ziyoratchilarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, Saudiya Аrabistonida ziyoratchilarga namunali xizmat koʼrsatish va ular haj ibodatlarini mukammal ado etishlari uchun “Haj – 2023” ishchi guruhi tomonidan mavsumga keng koʼlamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, ziyoratchilar istiqomat qilishi rejalashtirilgan Madina shahridagi “Zam-zam Pullman”, Makka shahridagi “Roshidiya”, “Abraj al-Dana”, “Laba Darna”, “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalari atroflicha koʼzdan kechirilmoqda. Xususan, har bir xonada yotoq choyshablarining ozodaligi, yuvinish xonasidagi sharoitlar, sovutgich, muzlatgich, jurnal stoli, qibla koʼrsatkichi, joynamoz, Qurʼoni karim, telefon, televizor va zamonaviy mebellar bilan jihozlanganiga alohida eʼtibor qilindi. Shuningdek, oshxonadagi stol-stullar, ovqat tarqatish joylari va tibbiy boʼlimdagi oʼrinlar soni, jihozlar holati, dori-darmon saqlash ombori koʼzdan kechirildi hamda ziyoratchilar uchun xizmatlar sifatini yanada oshirishga eʼtibor qaratildi. Ziyoratchilarga yoʼl-yoʼriq koʼrsatuvchi belgilar foyelar, koridorlar, qavatlar va liftlarga oʼrnatildi. Ishchi guruhi tomonidan barcha yoʼnalishlar boʼyicha tayyorgarlik ishlari ziyoratchilarimizning birinchi guruhi muborak zaminga yetib borgunga qadar davom etadi. «Haj-2023» safari bilan bogʼliq jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimizda maʼlumot berib boramiz. Din ishlari boʼyicha qoʼmita Аxborot xizmati

Haj mavsumi 4 iyundan boshlanadi

Oʼzbekistonda haj mavsumi 2023 yil 4 iyundan boshlanadi. Mamlakatimizdan Saudiya Аrabistoniga shu yil 2023 yil 4 iyundan 19 iyunga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.

Ekstremistik va terroristik kontentlar xususida

Soʼngi vaqtlarda turli ekstremistik va terroristik tashkilotlarning mediamarkazlari tomonidan tayyorlangan ekstremistik va terroristik mazmundagi targʼibot materiallari internet tarmoqlarida keng tarqatilmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, nafaqat yurtimizda, balki jahon hamjamiyatida bu kabi maʼlumotlarni aholi orasida tarqalishini oldini olishga, ularni ijtimoiy tarmoqlarda aniqlash va faoliyatiga chek qoʼyish boʼyicha mexanizmlar ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq qilish zaruratini kun tartibiga qoʼymoqda.

O‘quv seminar tashkil etildi

Buxoro viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMT UNICЕF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Bola huquqlari» mavzusida seminar bo'lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegasiyasi Dohadagi konferensiyada ishtirok etmoqda

Bugun, 9 may kuni Qatar poytaxti Doha shahrida boshlangan «Diniy erkinlikdan diniy mas'uliyat sari: qo‘llab-quvvatlash va harakat hamjamiyatlarini qurish» nomli xalqaro konferensiyada O‘zbekiston delegasiyasi ishtirok etmoqda. Shu yilning 11 may kuniga qadar davom etadigan ushbu tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, diniy konfessiyalar yetakchilari, mashhur olimlar, taniqli ulamolar hamda soha ekspertlari jami 100 dan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.

Yangilangan Konstitusiyani hayotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan muloqot qildi. Unda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qilish bo‘yicha shu yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari haqida so‘z bordi.