Saudiya Аrabistonining yetakchi nashrlaridan biri, mahalliy va xalqaro xabarlarni keng yoritadigan "al-hadath.com" Internet nashri oʼzbekistonlik ziyoratchilarni kuzatishdagi yuksak hurmat-ehtirom haqida xabar eʼlon qildi. 

Unda boʼlgʼusi hojilarimizni kuzatish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Din ishlari boʼyicha qoʼmita va Oʼzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda mutasaddilar Toshkent xalqaro aeroportida jam boʼlganiga alohida eʼtibor qaratilgan. 

 Shuningdek, xabarda ziyoratchilarimiz respublikamizning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti orqali Madina shahriga kuzatilishiga ham katta urgʼu berilgan.

Taʼkidlash kerakki, yurtimizdagi inson qadri uchun gʼoyasining hayotdagi tatbiqi va ijtimoiy davlat tamoyilining amaliy ifodasini xalqaro hamjamiyat ham munosib eʼtirof etmoqda.