Ayni kunlarda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Hurmatli mehmon kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi.

Mazkur tashrif doirasida Qatar Madaniyat vaziri Abdulrahmon bin Hamad al-Tani janoblari ham Samarqanddagi Imom Buxoriy me’moriy yodgorlik majmuasida bo‘ldi.

Abdulrahmon bin Hamad al-Tani janoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohligida majmuadagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Batafsil:

https://t.me/iiau_official/12453?single

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati