Buxoro viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMT UNICЕF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Bola huquqlari» mavzusida seminar bo'lib o‘tdi.

Mazkur seminarda 100 ga yaqin diniy soha vakillari ishtirok etdi.

Ta'kidlash kerakki, UNICEF O‘zbekistonda 1994-yildan  buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish masalalari UNICEFga taqdim etilgan.

Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va BMT UNICЕF jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o'rtasida, aynan, ushbu yo'nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolangan edi.

Mazkur seminar ham ushbu Memorandumda belgilangan hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda.

Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati