Allohga shukrki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada ulkan islohotlar kechmoqda. Xususan, davlatimizning bevosita koʻmagi bilan yurtdoshlarimizning haj ibodatlarini har qachongidan ham yuksak saviyada tashkil etish, ular uchun munosib qulayliklarni yaratib berish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Bundan atigi olti-yetti yil avval haj kvotasi 5200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7200 ta, 2022-yilda esa 12 000 taga yetdi. Joriy yilda mamlakatimiz fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 000 etib belgilandi. Albatta, haj kvotasining yildan-yilga oshib borishi ham yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami naqadar kengligidan darak beradi. 

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi