Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31 may kuni yurtimizdan dastlabki ziyoratchilar guruhi muborak Umra ziyoratiga yo‘l olgan edilar. Ular “Masjidi Nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan “Maasa al-Buston” mehmonxonasiga joylashdilar.

 

 Yer yuzidagi uch muqaddas va azim masjidlardan biri “Masjudun Nabaviy”da, Rasululloh solallohu alayhi vasallamning muborak ravzalarini ziyorat qilib, Rasululloh solallohu alayhi vasallamga xalqimiz, yurtdoshlarimizning salovotu salomlarini yetkazdilar.

Bugun, 3 iyun kuni ziyoratchilarimiz mo‘’tabar manzillarni ziyorat etishda davom etmoqdalar. Ular islom tarixidagi mashhur joy, Uhud tog‘ida bo‘ldilar va ayni damda ikki qiblali masjid – “Masjidul qiblatayn” ga yo‘l olganlar. So‘ng Islom tarixida taqvo asosiga qurilgan ilk masjid sifatida e’tirof etiluvchi “Qubo” masjidiga ziyoratni davom ettiradilar.

 

Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kecha – 4 kunduz bo‘lib, bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgandan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladilar.

Barcha ziyoratchilar sog‘-salomat o‘z ibodatlarini davom ettirishmoqda.

Axborot xizmati