Joriy yilning 31 may kuni Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyati ziyoratchilari Madina shahriga sog‘-salomat yetib keldilar. Ularga 1 ta shifokor va 4 ta ishchi guruhi hamrohlik qildilar.

Yurtimizdan kelgan ziyoratchilarni Madina aeroportida Haj va umra masalalari bo‘yicha attashe hamda «al-Hidoya» shirkati vakillari tantanali kutib oldilar.

Shu kunning o‘zida ziyoratchilarimiz “Masjidi Nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan “Maasa al-Buston” mehmonxonasiga joylashdilar. Mehmonxonada ziyoratchilarimizga saxarlik va iftorlik qilishlari uchun oshxona hamda ularning sog‘liqlarini doimiy nazorat qilish maqsadida minishifoxonalar faoliyati tashkil etilgan.

Barcha ziyoratchilar sog‘-salomat o‘z ibodatlarini davom ettirishmokda.

Axborot xizmati