Joriy yilning 16 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab mingga yaqin masjidlarda Ramazon oyining birinchi kechasi, birinchi taroveh namozi hamda xatmi-Qur’on tadbirlari boshlandi.

Quvonarlisi shundaki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish jarayonida Yuqori Sebzor mahallasida bo‘lib, Imom at-Termiziy jome’ masjidini qayta qurish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.

“Imom at-Termiziy” masjidida o‘tkazilgan taroveh nomozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etib, muborak Ramazon oyi bilan yig‘ilganlarni muborakbod etdi.

Taroveh namozi o‘qib bo‘lingach, muftiy boshchiligida namozxonlar yurtga tinchlik, farovonlik, keksalarga umr tilab, duo qilishdi.

Elatib o‘tamiz, bu yil Toshkent shahridagi 120 masjiddan 112 tasida Qur’oni Karim xatm qilinadi.

Axborot xizmati