PRESS-RELIZ

 

2017 yil 18 oktyabr kuni Anjumanlar saroyida “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston-Ozarbayjon misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjuman ikki qardosh mamlakat O‘zbekiston va Ozarbayjonda ajdodlarimiz tomonidan tarixan shakllangan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqlarimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilish, erishilgan ijobiy natijalarni keng targ‘ib qilish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, anjumaning asosiy maqsadi etib, O‘zbekiston va Ozarbayjonni islom dinining hamkorlik g‘oyalariga, qadriyatlariga dinlararo muloqot ananalariga sodiqligini namoyon etish va bugungi kunning dolzarb xavfi va tahdidlariga qarshi mushtarak pozitsiyani e’lon qilish deb belgilangan.

Konferensiya ishida Rossiya, Turkiya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekistondan tashrif buyurgan davlat va jamoat arboblari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanning yalpi majlisida O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari misolida din va e’tiqod erkinligi, dinlararo muloqot, diniy va milliy qadriyatlar, diniy ekstremizm va terrorizm salbiy oqibatlari, ularning jahon hamjamiyati tinchlik va barqarorligiga tahdid hamda ularga qarshi kurash asoslari kabi  mavzular yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Hech shubhasiz, anjuman ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikning nafaqat yangi rivojlanish darajasiga ko‘taradi, balki dunyo jamoatchiligiga Islom dinining tinchlikparvar, yaratuvchanlik mohiyatini ochib berishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga xizmat qiladi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Movarounnahr» va Toshkent islom universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan yangi nashrlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Anjuman yakunida Konferensiya Kommyunikesi qabul qilinishi ham nazarda tutilgan.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Axborot xizmati