RASMIY MUNOSABAT!

Ijtimoiy tarmoqlarda bundan bir necha oy oldin Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari oʻrtasida haj ziyorati uchun belgilangan kvotadan oʻrin talashib, janjal kelib chiqqanligi haqida yolg’on xabarlar tarqalmoqda.

Shuningdek, Haj ziyorati uchun pora olish bilan bog’liq xabarlar o’z tasdig’ini topmagan, tuhmat va boʻxton hisoblanadi.

Fuqarolarimiz tomonidan Haj bilan bogʻliq masalalarda korrupsion holatlar kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Bu kabi xabarlar tarmoq foydalanuvchilari orasida turli noto’g’ri fikrlarning shakllanishiga sabab bo’lishini inobatga olib, tarqatmaslik so’raladi.

Taʼkidlash lozimki, yolg’on va asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati