“Mehr va fidoyilik timsoli – muqaddas ayol”

Joriy yilning 6-mart kuni, Din ishlari boʻyicha qoʻmitada "8-mart  — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

"Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir", - dedi D.Maxsudov.

Shundan soʻng, bir guruh faol xotin-qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mehmon sifatida taklif etilgan so'z ustasi B.Fozilov yig'ilganlarga kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

07.03.2024