Saudiya Haj vazirligi xabarnomasi

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi xorijiy ziyoratchilar va Podshohlik aholisini “Haj-2024” mavsumida maxsus ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishlarining huquqiy oqibatlari haqida ogohlantiradi;

Saudiya Hukumati tomonidan Haj-2024 mavsumida tartibni saqlab va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida keskin jazo choralari joriy etildi;

Saudiya Arabistoniga ziyorat (turistik) viza, umra viza, biznes viza va boshqa turdagi vizalar bilan safar qiluvchi fuqarolar VIZA MUDDATI tugagunga qadar Saudiya hududini tark etishi shart;

Ziyorat (turistik) viza, umra viza va boshqa turdagi vizalar bilan HAJ qilishga ruxsat berilmaydi. USHBU XATTI-HARAKATLAR NOQONUNIY HISOBLANADI.  

OGOH BOʻLING! Viza muddatini buzish, Saudiya hududida qolib ketish, vizada belgilangan muddatdan ortiqcha yashash hamda haj vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan HAJ qilganlik uchun Saudiya qonunchiligida qatʼiy choralar belgilangan. Ushbu qoidani buzganlik uchun 10 yil muddatga deportatsiya qilish yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan.

OGOH BOʻLING! Ushbu qoidani buzgan ziyoratchilar, shaxslar, turfirma va tashkilotlarga 50.000 saudiya riyoli (13.400 AQSH dollari) miqdorida jarima belgilangan. 

Oʻzbekiston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

01.03.2024