Navoiyga taʼzim, Boburga ehtirom!

Joriy yilning 9-fevral kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitada Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

Shundan soʻng, mehmon sifatida taklif etilganlar tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda Z.M.Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi xususida fikrlar bildirildi.

Ushbu ikki alloma oʻzlarining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagani taʼkidlandi.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 

Axborot xizmati