Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindilar

Joriy yil 9-fevral kuni, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining ushbu Kengashga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.

Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni oʻqib eshittirdi. 

Yigʻilishda ishtirok etgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdilar.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga Kengashidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

09.02.2024