Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili

Kuni kecha, 3-fevral kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Yurtimizda ilk marotaba oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarning maqsadi ­– insoniy birodarlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash, oʻzaro hurmat va diniy eʼtiqodlar xilma-xilligini tushunish dunyo xalqlari oʻrtasida tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda muhim omil ekanini yana bir bor isbotlashdan iborat boʻldi.

Seminar davomida soʻzga chiqqan ishtirokchilar tomonidan turli mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Tadbir soʻnggida maʼruzachilarga sertifikatlar topshirildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

04.02.2024