“Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” tizimlarida ishlash boʻyicha seminar 

Joriy yilning 19-yanvar kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitada “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” tizimlarida ishlash, shuningdek, mazkur tizimlar orqali Qoʻmitaga berilgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash toʻgʻrisida seminar boʻlib oʻtdi.

Qoʻmita boʻlim boshligʻi A.Agzamov tomonidan  yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlarning bajarilish holati hamda kelgusidagi rejalar xususida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, oʻtgan 2023-yilda Qoʻmitaga belgilangan vazifalarnig barchasi oʻz vaqtida toʻliq va sifatli bajarilgani taʼkidlab oʻtildi.

“2024-yilda Qoʻmita xodimlarining sohaviy bilim va malakalarini oshirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy koʻnikmalarini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq mazkur yoʻnalishdagi tadbirlar yil davomida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

 

19.01.2024.