YANVAR - HUQUQIY SAVODXONLIK OYLIGI!

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasida “Huquqiy savodxonlik oyligi” eʼlon qilinadi.

Yanvar oyi davomida Qoʻmitaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga diniy-maʼrifiy sohaga oid huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan videorolik, infografika, maqola hamda mavzuga aloqador yangiliklar berib boriladi.

Bir oy davomida, har kuni, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning bittadan moddasi taqdim etib boriladi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

 

03.01.2024