QUTLOV

Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyati va mehnat jamoasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Nurislom Tuxliyevni Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlganligi bilan tabriklaydi.

Hozirgi paytda prof. N.Toʻxliyev milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida umumiy va ziyorat turizmini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Uning bevosita rahbarligida qator fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borildi, Oʻzbekistonda ilk bor “E-ziyorattourism” noyob elektron integratsiyalashgan platformasi yaratilib, bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham foydalanilmoqda.

N.Toʻxliyevning ilmiy-pedagogik faoliyati mamlakatimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtirof etilib “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2022) bilan taqdirlangan, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni (1997) berilgan. 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

 

25.12.2023.