Prezident topshirigʻi ijrosi: Termiziy allomalar ilmiy merosini chuqur oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi
Prezident topshirigʻi ijrosi: Termiziy allomalar ilmiy merosini chuqur oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Al Hakim At-Termiziy” majamuasini ziyorat qilish chogʻida Termiziy allomalar ilmiy merosini chuqur oʻrganishga alohida eʼtibor qaratgan holda sogʻlom maʼnaviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan edi.
Bugun, 25-noyabr kuni viloyat hokimi boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda mutasaddilar hamda diniy soha vakillariga hududlarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarni ajdodlarimiz merosi asosida vatanparvar, fidoiy qilib tarbiyalashda “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
25.11.2023.