Bishkekda konfessiyalararo totuvlikka bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 23-noyabr kuni Bishkek shahridagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida “Qirgʻiziston – konfessiyalararo tinchlik va totuvlik mamlakati” V xalqaro konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Mazkur konferensiyada Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlarning din ishlari boʻyicha tegishli idora masʼullari, ulamolar hamda turli konfessiya  vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiya muhokamalar va savol-javob formatida “Din va davlat”, “Din va iqtisod”, “Din va jamiyat” kabi sessiyalarda davom etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

23.11.2023.