Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 23-noyabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida “Imom Buxoriy, Dorimiy va Termiziy: muhaddislikning Movarounnahr maktabi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya oʻz ishini boshladi.

Konferensiya ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtildi hamda konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilandi.

Xalqaro ilmiy konferensiya 2 ta shuʼbaga boʻlingan holda ish olib bormoqda hamda unda “Hanafiy usulida hadis istilohlari – Kosoniy misolida”, “Xalqaro ilmiy–tadqiqot markazlari mushtarak maqsad yoʻlida”, “Imom Dorimiy va Imom Buhoriy oʻrtasidagi ilmiy aloqalar”, “Imom Moturidiy “Taʼvilot-ul Qurʼon” asarida hadislardan foydalanish uslublari” kabi dolzarb mavzularda chiqishlar qilinmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

23.11.2023.