Bagʻrikenglik haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bugun, 17-noyabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinlararo muloqot va bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malayziya islom ilmlari universiteti hamda Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-turk xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda “Turkiya Respublikasida diniy bagʻrikenglik madaniyatining aks etishi”, “Malayziya federatsiyasida musulmon-xristian munosabatlari”, “Dinlararo bagʻrikenglikni taʼminlashda dinshunoslikni oʻqitishning ahamiyati” hamda “Qozogʻiston Respublikasida zamonaviy dinshunos kadrlarni tayyorlash masalalari” mavzusida maʼruzalar tinglandi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati