“Davlat bayrogʻi — millat iftixori” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Din ishlari boʻyicha qoʻmitada 18 Noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat bayrogʻi — millat iftixori” shiori ostida  bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari D.Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. 

Shundan soʻng, mehmon sifatida taklif etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Sh.Akmalov tomonidan davlatimiz bayrogʻining tarixi, shakllanish bosqichlari, ahamiyati va oʻziga xosligi kabi mavzularda fikrlar bildirildi.

Qoʻmita raisining  oʻrinbosari D.Gʻulomova tomonidan ham bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, obodlik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlashi xususida soʻz yuritildi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

17.11.2023.