“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Bugun, 13-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ishtirokida Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Shu kuni, tushdan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Yangi Oʻzbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi” nomli kitoblar koʻrgazmasi va “Oʻzbekistondadir baxtim, toleim” jamoa toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

13.11.2023.