Fargʻona viloyatida targʻibot tadbirlari davom etmoqda 

Avval xabar berganimizdek,  “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbirlari keng koʻlamda oʻtkazib kelinmoqda.

Kuni kecha Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan shu mazmundagi targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan  mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, ekstremizm, terrorizm va missionerlik kabi xatarlardan ogoh boʻlish xususida fikrlar bildirildi.

Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan “Biz yoshlar terrorizm va ekstremizmga qarshimiz” shiori ostida tayyorlangan fotokoʻrgazmani koʻzdan kechirdilar.

Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar Respublikamiz boʻylab davom etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

03.11.2023.