Surxondaryo viloyatida targʻibot tadbirlari davom etmoqda 

Avval xabar berganimizdek,  Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan    “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targʻibot tadbirlari keng koʻlamda oʻtkazib kelinmoqda.

Kuni kecha Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan shu mazmundagi targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.

Mazkur uchrashuvlarda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, iqtisodiyot sohasi vakillari, tadbirkor, sotuvchi, xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari va oʻquvchi yoshlarning ota-onalari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvlar davomida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholida, ayniqsa yoshlarda radikalizm, diniy mutaassiblik, turli yot gʻoyalar va  tahdidlarga nisbatan immunitet hosil qilishi lozimligi yuzasidan fikrlar bildirildi.

Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar Respublikamiz boʻylab davom etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

26.10.2023.