Oʻzbekiston Respublikasi
Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi
raisi Toshboyev Sodiq Donaqulovichning bayram
TABRIGI

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Bugun, 21-oktyabr – “Oʻzbek tili bayrami” kuni. Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bu yil betakror Oʻzbek tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻldi.

Shu kunlarda mazkur sana munosabat bilan mamlakatimiz boʻylab madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari boʻlib oʻtmoqda, “Oʻzbek tili bayrami” kuni sifatida keng miqyosda nishonlanmoqda.

Zero, jondan aziz Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz huquq va manfaatlari himoyasida ona tilimizning yuksak maqomga ega boʻlgani muhim ahamiyat kasb etgan. 

Aytish joizki, soʻnggi yillarda ona tilimiz mavqei va maqomini yuksaltirish borasidagi ishlar mutlaqo yangicha bosqichga koʻtarildi.

Ana shunday saʼy-harakatlarimiz natijasida ona tilimiz nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham oʻzining munosib oʻrni va mavqeiga ega boʻlib bormoqda. Ayniqsa, ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, doʻstlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Yana bir bor, barchamizga 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — qutlugʻ sana, ulugʻ bayram muborak boʻlsin!

Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

21.10.2021.