Vobkent tumanida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar Vobkent tumanida joylashgan “Osiyo” tantanalar saroyida, bozor va mahallalarda boʻlib oʻtmoqda. 

Soʻzga chiqqanlar tomonidan xatarli tahdidlardan saqlanishning yagona yoʻli maʼrifat ekanligi, muqaddas dinimizda insoniylikning eng oliy namunasi ilm-maʼrifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

Samimiy ruhda boʻlib oʻtayotgan ochiq muloqotlar soʻngida ishtirokchilar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga tinchlikni qadriga yetish mavzusidagi hujjatli film namoyish etilmoqda.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.