Gʻijduvon tumanida targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar “Xoʻjai jahon savdo kompleksi”da,  Nodirabegim MFYda joylashgan “Gulistonobod” tantanalar saroyida, bozor va mahallalarda boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu tadbirlarda mutaxassislar tomonidan diniy sohada kechayotgan tendensiyalarning mohiyatini toʻgʻri tushunish, turli oqim va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish, maʼrifatli millatni kamol toptirish, bilim, tafakkur va aql kuchiga suyanadigan yosh avlodini tarbiyalashda  har birimiz masʼul ekanligimizni anglashimiz zarurligi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi. 

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati