Samarqand garnizonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Uchrashuvda yurtga sadoqat, fidoiylik, bagʻrikenglik gʻoyalari haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, har bir inson loqaydlik, beparvolik kabi illatlarga qarshi oʻzida immunitet hosil qilishi kerakligi hamda bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish gʻoyalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida toʻgʻri yoʻldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi va “Mehr” operatsiyasi haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati