Targʻibot tadbirlari davom etmoqda

Kunning ikkinchi qismida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Buxoro shahridagi Yoshlar markazida, Buxoro davlat universitetida, shuningdek, mahallalarda davom etdi.

 Mazkur tadbirlarda yot gʻoyalar taʼsiriga berilmaslik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan oqilona foydalanish, unda ayrim dinni niqob qilib olgan kimsalar tomonidan targʻib etilayotgan mazhabsizlik, radikalizm va boshqa ekstremistik gʻoyalardan oʻzimizni va farzandlarimizni himoyalash, oilalar mustahkamligini taʼminlash, ajrimlarning oldini olish, oiladagi nizolarning bola ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishini inobatga olib, er-xotin, qaynona-kelin va boshqa qarindoshchilik munosabatlarida sogʻlom muhitni shakllantirish, jaholat qurboni boʻlayotgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash kabi gʻoyalar ilgari surildi.

Ushbu yoʻnalishdagi tadbirlar Buxoro viloyati boʻylab davom etmoqda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati